Ornament nomi yöqolgan
Gold embroidery · Bukhara
Özbekistonda ot miniş qadim zamonlardan erkaklar uçun harakatlanişning yagona şakli bölib kelgan, ammo şahar aholisi uçun bu ijtimoiy mavqe masalasi edi. Boy-badavlat odamlar uçun otning baxmal yopinçiqlari tilla va kumuş iplar bilan bezatilgan. Zardöz kaştaçilik yetakçilari buxorolik hunarmandlar bölib, ular amir saroyi va zodagonlar kiyim-keçaklari, otlari uçun yopinçiqlari va boşqa köplab buyumlarni tillarang ip bilan tikkanlar.
Yopinçiqlar – «daurlar» ikki toifaga bölingan. Birinçi toifaga amirning şaxsiy foydalanişi uçun möljallangan «xosaklar» (arab tilidan ögirganda şaxsiy degani), ikkinçisiga esa «inomi» – amirga taqdim etiladigan sovğa buyumlari kiradi. Yopinçiq ikki qismdan – törtburçak şakldagi nodir bezakli va trapetsiya şakldagi «xoni-zingah»dan iborat bölib, zardözi bilan naqşlangan, otning sağrisini qoplaydigan kattalikda bölgan. Yopinçiq zardözi kaştalarining bezaklari asosan ösimlik naqşlaridan iborat bölib, geometrik şakllar kamroq işlatilgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




