Gulli töpbarggul

Gulli töpbarggul

Block printing · Namangan

Region

Namangan

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Gul bosiş Özbekistonning köpgina hududlarida matolarni bezaşda qöllaniladigan eng keng tarqalgan usullardan biri. Öymakor “qolip” tamğasi bilan naqş bosiş orqali matolarni bezaş an’anasi qadimiy tarixga ega. Gul bosilgan gazlamalarni işlab çiqariş XIX asrning birinçi yarmida keng tarqaldi.

Özbekistonda gazlama işlab çiqarişning asosiy markazlari Buxoro şahri hamda unga tutaş Romitan, Vardanza, Ğijduvon va boşqa qişloqlar bölgan. Gul bosilgan gazlamalar Samarqand, Urgut, Kattaqörğon, Şahrisabz, Farğona, Toşkentda ham işlab çiqarilgan. Xorazmga xos gul bosiş san’ati tasvirlarining nafisligi bilan ajralib turgan.

Mahalliy aholi gul bosilgan çit gazlamalardan turli maqsadlarda: masalan, dasturxon, joynamoz, parda yoki devor bezaklari sifatida, şuningdek, körpaça, çakmon astari va çoyşab tikişda foydalangan. Gul bosilgan gazlamalarning naqş bezaklari asosini gullab-yaşnagan bog’ tasvirlari – dasta-dasta gullar, nafis ğunçalar, bir-biriga tutaşib ketgan novdalar, yaproqlar, anor donalari, bodom, novdalar va boşqalar taşkil qiladi.

Manba: tbc-ornaments.uz

On a product

Gulli töpbarggul — Mockup

Views

VectorGulli töpbarggul — Vector
MockupGulli töpbarggul — Mockup
Original photoGulli töpbarggul — Original photo

Similar patterns

Şoxça

Tashkent

Şoxça

Tashkent

Çorgul

Namangan

Şoxça, buta

Namangan