Sakkiz qirrali girih

Sakkiz qirrali girih

Ornamental painting · Margilan

Region

Margilan

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Özbekiston qadim zamonlardan eng oddiydan tortib, mukammal kompozitsiyalarda tasvirlanadigan turli naqşinkor bezaklari bilan maşhur. XIX-asr davomida va XX-asr boşida har bir hududga oid bölgan, bir-biridan hajmli-rejalangan kompozitsiyalari va bezaklari şakliga köra farqlanuvçi me’moriy-badiiy maktablar paydo bölgan. Bu davrga kelib Özbekistondagi naqşinkor bezaklar ommalaşgan asosiy hududlar Farğona vodiysi şaharlari, şuningdek Buxoro, Samarqand, Xiva va Toşkent şaharlari edi.

Islimiy va murakkab handasiy hisoblangan girihiy naqşlari köp bölmasa-da, bu kompozitsiyalar ularda foydalanilgan naqşlar betakrorligi hamda nihoyatda rang-barangligi bilan öziga maftun etadi. Bu rang-baranglikka elementlarning öziga xos uyğunlaşuvi, bir naqşning ikkinçisi ustiga yotişi, asosiy tagrangning özgarişi, detallarning mukammal talqin etilişi hisobiga erişiladi. Özbek hunarmandçiligida eng köp ommalaşgan naqş – bu ösimlik şaklidagi islimiy naqşdir. Uning asosini çirmovuqgul va ösimliklarning burama şoxçalari şakli taşkil etadi.

Yoğoç va ganç öymakorligida islimiy naqşning islimiy gul, islimiy mihrob, islimiy patnis turlari köp işlatiladi. Bu islimiy naqşlarni bir-biridan markazdagi asos şakli farqlab turadi: masalan, patnisni eslatuvçi törtburçakli, turli turunj şaklli, mayda, mozaikaga öxşab ketadigan koşin şaklli. Özbekistonga xos naqşinkor bezaklar nafaqat naqşlarning mohirona tuzilişi va çizilişi, balki asosiy ranglarning yorqinligini qöşimça ranglar vositasida kuçaytiriş qonuniyatining qat’iy tartib bilan qöllaş orqali erişiladigan ranglarning özaro mutanosib uyğunligi bilan ham öziga maftun etadi.

Özbekiston naqşinkor bezaklarining yana bir öziga xosligi – ranglarning oçarib-töqlanmasligi, ya’ni faqat keskin farqlanuvçi ranglardan foydalanilişidir. Farğona vodiysi ustalarining eng yoqtirgan iş usuli alohida markaz şakllarini kungara tarzda yorqin qizil va yaşil böyoqlarda bajarilgan ösimliknusxa naqşlar bilan bezaşdan iborat. Mazkur usul Marğilondagi Said Аhmad Xöja madrasasi (ayni kunda Hunarmandçilikni rivojlantiriş markazi) şiftiga işlangan naqşlarda yaqqol namoyon bölgan.

Manba: tbc-ornaments.uz

On a product

Sakkiz qirrali girih — Mockup

Views

VectorSakkiz qirrali girih — Vector
MockupSakkiz qirrali girih — Mockup
Original photoSakkiz qirrali girih — Original photo

Similar patterns

Qalampir nusxa

Margilan

Yoşlik

Margilan

Tumor

Margilan

Ornament nomi yöqolgan

Margilan