Lola

Lola

Ikat fabrics

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

XIX asr örtalariga kelib Özbekiston hududida qölda töqilgan ipak va yarim ipak matolar keng rusmga kirgan. Abrli gazlamalar odatda ipak tolalaridan töqilib, harir şoyi matolar (ipakli adras) va astariga paxta ipi otilgan, avrasi esa ipak tolalaridan töqilgan yarim ipak adraslar şular jumlasidandir. Aynan şu mahsulotlar abrli matolar hisoblanib, mahalliy xalq undan turli liboslar tikib kiygan, bezaklar va uy – rözğorda işlatiş uçun buyumlar tayyorlagan. Avvallari har bir hudud abrli matosi öziga xos gullari, naqşlari va ranglariga köra farqli bölgan. Masalan, buxorolik va samarqandlik töquvçilar katta, yaxlit naqş uslubidan foydalanganlar. Gazlamalardagi naqşlar asosan islimiy, zoomorf va turli predmetlarni aks ettiruvçi bezaklardan iborat bölgan. Ba’zan antropomorfik bezaklardan ham foydalanilgan.

Özbekiston davlat san’at muzeyi eksponatlari orasida XIX asrga oid Buxoro hunarmandlari tomonidan yaratilgan çodir örin olgan. Öşa davrlarda yoz paytlari bu kabi çodirdan faqat zodagon  şaharliklar va saroy a’yonlari foydalanar edilar. Töğri törtburçak şaklidagi tomli çodir ikkita devorga ega. Har bir devorning önta vertikal bölinmalari bor. Mehmonxona intereriga köra çodir içkaridan 20ta turli naqşlar bilan işlangan abrli matolar bilan bezatilgan pannolarga bölib çiqilgan. Gazlamali pannolarning yirik gullari Buxoro uylarida işlatilgan naqşlarga taqlidan bezatilgan.

Manba: tbc-ornaments.uz

Views

VectorLola — Vector
Original photoLola — Original photo

Similar patterns

Tumor

Margilan

Ornament nomi yöqolgan

Margilan

Şoxtaroq

Margilan

Ornament nomi yöqolgan

Margilan