Anorguli, gulianor

Anorguli, gulianor

Embroidery · Piskent

Region

Piskent

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Toşkentdagi yirik kaştalardan sözani – mahalliy aholi oy-palak, yulduz-palak deb atagan ulkan devor pannolaridan foydalanganlar. Quyoş yoki oyni anglatuvçi markaziy maydonda uyğunlik bilan  joylaşgan dumaloq töpbarggul  kompozitsiyalari keng tarqalgan. Oy-palak deb nomlangan kaştaçilikning bu turi stillaştirilgan şaklda hayot tasvirini yetkazgan. Töpbarggulli panno, içida yulduz şaklidagi bezak bilan bezatilgan naqş –  yulduzli osmonni ifodalaydi va  şunga mos ravişdaularni  yulduz-palak (falak – osmon) deb ataşadi.

Taqdim etilgan palak maydoni ösimlik va astral tabiatning turli naqşlari va motivlari bilan töldirilgan törtburçaklarga bölingan. Bu bizga hunarmand ayollarning kaştadözlik işlarida samoviy va dunyoviy hayot örtasidagi boğliqlikni yetkazişga harakat qilganligi haqida tasavvur beradi. Atrofda ösadigan daraxtlar va gullar ösimlik naqşlarining prototipi sifatida işlatilgan.

Özbek kaştaçilarining eng sevimli motivlaridan biri anor naqşidir. Qadim zamonlardan beri mahalliy aholi orasida anor – hayot, farovonlik, unumdorlik va muhabbat timsoli sifatida talqin etilgan. Bir xil naqşlar, bu holda  har bir hunarmand tomonidan alohida talqin qilinadigan anor naqşlari – umumiy körinişda butunlay boşqaça körinişga ega bölişi, va naqşli buyumning tuzilişi, unga tinçlik, xotirjamlik, jiddiylik yoki böronli harakat, dinamiklikni berişi mumkin edi.

Usta: Madina Kasimbayeva. Manba: tbc-ornaments.uz

Views

VectorAnorguli, gulianor — Vector
Original photoAnorguli, gulianor — Original photo

Similar patterns

Çinnigul

Bukhara

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Bukhara

Tumor

Piskent

Yulduzoyli nusxa

Piskent