Ornament nomi yöqolgan

Ornament nomi yöqolgan

Wood carving · Kokand

Region

Kokand

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Tarixiy maʼlumotlar Özbekiston hududida yoğoç öymakorligi anʼanalari qadim-qadimdan yaşab kelganini tasdiqlaydi. XIX-asr oxiri, XX-asr boşlariga kelib Xiva, Samarqand, Toşkent, Qöqon, Marğilon, Аndijon, Farğona, Şahrisabz yoğoç öymakorligi sanʼati markazlariga aylangan edi. Meʼmoriy inşootlardan taşqari yoğoç öymakorligi turli uy-rözğor buyumlari – bezakdor xontaxtalar, qutiçalar, kitob qöyiş uçun lavxlar va boşqa anjomlarda işlatilgan. Yoğoç öymakorlari yoğoçga işlov berişning turli badiiy usullaridan foydalanganlar: konturli, asossiz, asosli yoki çuqur börtma naqşli. Botiq işlangan öymakor naqş yoğoçga alohida ifodaviylik hamda naqş va asosning qarama-qarşi uyğunligini baxş etsa, asossiz öymakorlikda uç qirrali-öyma naqşlar işlangan.

Uşbu usullarning birgalikda qöllanişi yoğoç öymakorligi asosida işlangan buyum yuzasiga qarayotgan kişi nigohida nur va soya öyinini hosil qiladi. Farğona viloyatida keng qöllaniladigan «pargori» öymakorlik naqşi juda öziga xos hisoblanadi. Bu yassi naqş bölib, öymakorlar tomonidan unçalik çuqur bölmagan asosdan salgina turtib çiqarilgan holda işlanadi. Naqşlar xilma-xilligi – ravon öralib davom ettirilgan ösimliknusxa «islimiy» naqşlar (ğunçalar, gullar, kurtaklar, yaproqlar, şoxçalar va boşqalar) handasaviy girih naqşlarning burçakdor şakli bilan uyğunlikda öymakorlik buyumiga ajoyib tarovat baxş etadi.

Manba: tbc-ornaments.uz

On a product

Ornament nomi yöqolgan — Mockup

Views

VectorOrnament nomi yöqolgan — Vector
MockupOrnament nomi yöqolgan — Mockup
Original photoOrnament nomi yöqolgan — Original photo

Similar patterns

Yumaloq töpbarggul

Kokand

Bodomça – pösti baliq

Kokand

Töpbarggul

Kokand

Islimiy

Kokand

Ornament nomi yöqolgan — Chizlab