Patnis

Patnis

Ikat fabrics · Bukhara

Region

Bukhara

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Rasul Mirzaahmedov ijodining noyob xususiyati va öziga xosligi şundaki, u ipak matolarni işlab çiqarişning barça asoslarini, sirlarini mukammal darajada biladi. U ana şu bilimlari şarofati bilan respublikaning eng közga köringan abrband ustalaridan biriga aylandi. R. Mirzaahmedov Marğilon abr ipakçilik san’atining eng yaxşi an’analarini nafaqat saqlab qoldi, balki ularni yanada kengaytirdi ham. Аytiş mumkinki, bugungi kunda u yöqolib ketgan qadimiy özbek matolarining köplab turlarini an’anaviy töqimaçilik texnologiyasi, matoga rang beriş va abr naqşlarni çiqariş bobida özi egallagan çuqur va mukammal bilimlar asosida qayta yaratgan hamda tiklay olgan yagona abrband ustadir.

R. Mirzaahmedov mato uçun iplarni böyaş va naqşlarni çiqariş san’atini öz otasi, maşhur usta Turğunboy Mirzaahmedovdan, mato töqiş texnologiyasini esa Nabijon Toştemirovdan örgangan. Özlaştirgan bilimlari, ğayrat-şijoati va qadimiy an’analarni ijodiy anglab yetişga bölgan intilişi bois R. Mirzaahmedov klassika va zamonaviylikni uyğunlikda birlaştirişga erişdi. Аbr matolar uçun naqşlar yaratuvçisi sifatidagi u qadar katta bölmagan ijodiy faoliyati davomida u özining yuzdan ortiq mualliflik naqşlarini yaratdi. Ularning orasida adras matolar uçun yaratilgan «tumor», «közaça», «tanga», «çayon» deb nomlangan naqşlar eng maşhurlari sanaladi.

Usta: Rasuljon Mirzaahmedov. Manba: tbc-ornaments.uz

On a product

Patnis — Mockup

Views

VectorPatnis — Vector
MockupPatnis — Mockup
Original photoPatnis — Original photo

Similar patterns

Çinnigul

Bukhara

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Bukhara

Gul töpbarggul

Bukhara

Palmetta

Bukhara