Gul töpbarggul
Кесте тігу · Бұхара
Buxoroning an’anaviy bezagi sifatida qöllaniladigan kaştalari juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Yotoq uçun qöllaniladigan aşyolar töplamlari joypöş (kelin-kuyovlar uçun möljallangan çoyşab) va takiyapöş (yostiqlar ustiga yopilgan yopinçiq) larni öz içiga olgan va kelin sarposining ajralmas qismi hisoblangan. Yangi turmuş qurganlar yotoq buyumlariga alohida e’tibor berilgan, çunki mahalliy aholining fikriça yangi kelin-kuyovlar, kelajakda onalar va bolalar eng himoyasiz hisoblangan. Şuning uçun kaştalarni tumor körinişdagi, aççiq qalampir, piçoq va boşqalar körinişida himoyalovçi va sehrli bezaklar bilan tikib çiqilgan.
Bu kaştada gulli töpbarggul bezaklar aççiq qalampir va anorguli bilan töldirilgan. Mahalliy aholi orasida qadim zamonlardan beri anor hayot, tökin-soçinlik, unumdorlik va sevgi timsoli hisoblanib kelingan. Anor tasviri juda köp ilk san’at yodgorliklarida aks etgan, masalan Örta Ösiyoning ona ma’budasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi Anaxitaning aşyosi aynan anor mevasi bölib, uruğlarining köpligi bilan barçani hayratga solgan. Aççiq qalampirlarning tasviri yoki ulardan tuzilgan dastalar, ustalarning aytişiça, jin, alvasti va boşqa ruhlardan himoyalovçi sehrli kuçni özida aks etgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




