Gul
Кесте тігу · Ұратөбе
Sözana oilaviy marosimlarda va ayniqsa töylarda muhim hisoblangan. Kaşta yangi turmuş qurganlar xonasida eng asosiy bezak bölgan va eng asosiysi yoş oilani yovuz ruhlardan, közdan saqlovçi tumor sifatida körilgan bölib, baxt va omad keltirgan. Sözanani odatda bir guruh yoş qizlar – çevarlar oldindan çizmakaş usta tomonidan tayyorlangan rasmga qarab tikişgan. Katta sözanalarni juda uzoq vaqt tikişgan. Ba’zan unga 8-9 oy ketgan. Köpinça iş oxirida naqşning kiçik bir qismi tugatilmay qolgan va bu bilan avlodlar davomiyligini bildirgan. Ustalar bu holatda uning hunarini qizlari va nevaralari davom ettiradi deb öz istagini bildirgan.
Usta: Madina Kasimbayeva. Manba: tbc-ornaments.uz




