Gul tupi
Саймачылык · Фергана өрөөнү
Kaştadözlik köp jihatdan özbeklarning uyni jihozlaş uslubini belgilab berdi, u ranglarga boyligi bilan ajralib turadi. Özbek kaştaçiligining maşhurligi nafaqat uyni bezaşdagi, balki mavjud urf-odatlar va marosimlarni ado etişda tutgan örni bilan ham izohlanadi. Yangi kelin-kuyovlar töşagi uçun çoyşab yoki joypöş, bölinpöş yoki taqiyapöş (yostiq uçun çoyşab)ni öz içiga olgan körpa-töşak majmui kelin sepining muhim qismi bölgan.
Çoyşab – dastlab töy çoyşabi sifatida xizmat qilgan va oxir-oqibat devor hamda mehroblar uçun parda bölib qolgan. Farğona vodiysi kaştaçiligida rangli fonda erkin joylaştirilgan buta naqşli kompozitsiyalar qöllaniladi. Bunda kaştaning foni, odatda, bezakli detallar bilan töldirilmasdan böş holda qoldiriladi, natijada kompozitsiya grafik sifatga ega böladi va undagi naqşlar juda nafis körinadi. Farğonalik hunarmand ayollarning eng sevimli naqşlari töpbarggul bölib, ular köpinça unumdorlik, baxt va bahor uyğonişining ramzidir.
Bu ramzlar yaxşi tilaklar, himoya va sehrli kuçni ifodalovçi vosita vazifasini ham bajargan. Buni qalampirnusxa naqşlar borligidan bilib olsak böladi, çunki bu naqş kaştadözlar fikriça sehrli quvvatga ega bölib, turli şaytoniy ruhlar – jin, alvasti va boşqalarni quvadi.
Manba: tbc-ornaments.uz
Буюмда көрүнүшү





