Töpbarggul
Оюу сүрөтү · Ташкент
Yoğoç va ganç öymakorligi böyiça zamonaviy ustalar foydalanadigan tasviriy-bezak tizimi qadim zamonlarda paydo bölgan. Ösimliknusxa («islimiy») va handasaviy («girih») bezak elementlarining ozligiga qaramay, kompozitsiyalarning öziga xosligi va turli elementlarning öziga xos uyğunlaşuvi, bir naqşning ikkinçisi ustiga yotişi, asosiy tagrangning özgarişi, detallarning mukammal talqin etilişi hisobiga erişiladi.
Özbek hunarmandçiligida eng köp ommalaşgan naqş – bu ösimlik şaklidagi islimiy naqşdir. Uning asosini çirmovuqgul va ösimliklarning burama şoxçalari şakli taşkil etadi. Yoğoç va ganç öymakorligida islimiy naqşning islimiy gul, islimiy mihrob, islimiy patnis turlari köp işlatiladi. Bu islimiy naqşlarni bir-biridan markazdagi asos şakli farqlab turadi: masalan, patnisni eslatuvçi törtburçakli, turli turunj şaklli, mayda, mozaikaga öxşab ketadigan koşin şaklli.
Özbekistonga xos naqşinkor bezaklar nafaqat naqşlarning mohirona tuzilişi va çizilişi, balki asosiy ranglarning yorqinligini qöşimça ranglar vositasida kuçaytiriş qonuniyatining qat’iy tartib bilan qöllaş orqali erişiladigan ranglarning özaro mutanosib uyğunligi bilan ham öziga maftun etadi. Özbek naşqinkorlik sanʼatida uyğunlik mayda va yirik naqşlarning öziga xos birlaşişi, ranglarning oçarib-töqlanmasligi, ya’ni faqat keskin farqlanuvçi ranglardan foydalanilişi bilan ifodalanadi.
Usta: М. Тoşboyev. Manba: tbc-ornaments.uz
Буюмда көрүнүшү





