Lolagul

Lolagul

Абр кездемелери · Марғылаң

Кол өнөр түрү

Абр кездемелери

Түстөр

Форматтар

zipsvgepspngpdf

Rasul Mirzaahmedov ijodining noyob xususiyati va öziga xosligi şundaki, u ipak matolarni işlab çiqarişning barça asoslarini, sirlarini mukammal darajada biladi. U ana şu bilimlari şarofati bilan respublikaning eng közga köringan abrband ustalaridan biriga aylandi. R. Mirzaahmedov Marğilon abr ipakçilik san’atining eng yaxşi an’analarini nafaqat saqlab qoldi, balki ularni yanada kengaytirdi ham.

Аytiş mumkinki, bugungi kunda u yöqolib ketgan qadimiy özbek matolarining köplab turlarini an’anaviy töqimaçilik texnologiyasi, matoga rang beriş va abr naqşlarni çiqariş bobida özi egallagan çuqur va mukammal bilimlar asosida qayta yaratgan hamda tiklay olgan yagona abrband ustadir. R. Mirzaahmedov mato uçun iplarni böyaş va naqşlarni çiqariş san’atini öz otasi, maşhur usta Turğunboy Mirzaahmedovdan, mato töqiş texnologiyasini esa Nabijon Toştemirovdan örgangan.

Özlaştirgan bilimlari, ğayrat-şijoati va qadimiy an’analarni ijodiy anglab yetişga bölgan intilişi bois R. Mirzaahmedov klassika va zamonaviylikni uyğunlikda birlaştirişga erişdi. Аbr matolar uçun naqşlar yaratuvçisi sifatidagi u qadar katta bölmagan ijodiy faoliyati davomida u özining yuzdan ortiq mualliflik naqşlarini yaratdi. Ularning orasida adras matolar uçun yaratilgan «tumor», «közaça», «tanga», «çayon» deb nomlangan naqşlar eng maşhurlari sanaladi.

Usta: Rasuljon Mirzaahmedov. Manba: tbc-ornaments.uz

Буюмда көрүнүшү

Lolagul — Мокап

Көрүнүштөр

ВекторLolagul — Вектор
МокапLolagul — Мокап
Түпнуска сүрөтLolagul — Түпнуска сүрөт

Окшош оюулар

Qalampir nusxa

Марғылаң

Lola

Yoşlik

Марғылаң

Tumor

Марғылаң