Yulduz
Саймачылык · Ташкент
Toşkent maktabining kaştadözlik töplamlari xilma-xildir. Bunday öziga xoslikni gulkörpa körinişida körişimiz mumkin, undan yangi turmuş qurganlar yotoqlarining ustiga töşagan holda foydalanilgan, keyinroq esa bezatiş maqsadida xonaning devoriga ilingan. Hammaga ma’lum kaştalar özbeklarning töy tadbirlarida eng asosiy örinni egallab kelgan. Toşkentda gulkörpa kelin-kuyov yotoğining ajralmas buyumi bölib, köp bolali ayollar bunday yotoqni ular uçun tayyorlagan va «Gulga gul qöşilsin» deya ta’kidlab ötişgan.
Bunday töplamda odatiy gulkörpa bezagini köriş mumkin, ya’ni markazda sakkiz burçakli yulduzni va undan kiçikroğini burçaklarda joylaştirişgan. Yulduz deb nomlanişi falak yoritgiçlari, koinot va Olamning sehrli kuçi bilan boğliqlikni belgilab bergan. Ustalar bu kaştalar falak bilan boğliqligiga, yoş turmuş qurganlar sehr töla himoyaga ega bölişiga juda işonişardi.
Manba: tbc-ornaments.uz




