Islimiy

Islimiy

Архитектуралык декор · Кашкадарыя

Түстөр

Форматтар

zipsvgepspngpdf

XIV asrda Muhammad payğambarning eng yaqin sahobalaridan biri Аbu Ubayd ibn al-Jarrohga bağişlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasi buyuk sohibqiron Аmir Temur davriga mos ravişda qurilgan va taʼmirlangan bir neçta inşootlarni öz içiga oladi. Majmua öymakor darvozali va moviy gumbazli darvozaxon, maqbara, qadimiy dahmalar va minoradan iborat. Ikki yarim gektarlik maydonda ziyoratçilar uçun tahoratxona, yozgi ayvonlar, keng, oldi oçiq ayvonlar va kiçik hovuzlar barpo etilgan.

Binolar va inşootlarning bezaklarida yoğoç öymakorligi, mayolika va naqqoşlik kabi anʼanaviy badiiy hunarmandçilik turlaridan foydalanilgan. Turli texnika va uslublarda bajarilgan naqş kompozitsiyalari handasaviy, epigrafik hamda islimiy naqşlar çeksiz rang-baranglik va ajoyib uyğunlik kasb etgan.

Islom sanʼatida islimiy naqşlar ramzlarini şarhlaşda köp sonli va turliça talqinlar qöllaniladi. Аyrim tadqiqotlarga muvofiq, islimiy naqş jannat gözalligi, Yaratuvçi, baxt, muhabbat va eʼtiqodiy mukammallik ramzi hisoblanadi. Islimiy naqşning asosiy tarkibiy qismi burama (çirmovuqsimon) tasvirdan iborat bölib, u baʼzan epigrafik naqşning töldiruvçi qismi sifatida işlatiladi. Meʼmoriy bezaklarda uçraydigan klassik mavzudagi kompozitsiyada keladigan burama naqşning odatda naqş uçidan boşlanib, iç tarafga buralib ketgan, markazida esa yelpiğiçsimon yaproq yoki töpbarggul şaklli naqş bilan tugovçi asosiy çiziqni davom ettiruvçi ingiçka çizilgan qismi bölib, şuningdek bu qism yanada nozikroq va gajaklangan islimiy novda şakllari bilan töldirilgan böladi.

Manba: tbc-ornaments.uz

Буюмда көрүнүшү

Islimiy — Мокап

Көрүнүштөр

ВекторIslimiy — Вектор
МокапIslimiy — Мокап
Түпнуска сүрөтIslimiy — Түпнуска сүрөт

Окшош оюулар

Romb

Кашкадарыя

Qalqon, Oy nusxa

Кашкадарыя

Taroqgul

Кашкадарыя

Çarhpalak Gulli töpbarggul

Кашкадарыя