Julduz
Kaştaçilik · Surxondaryo
Özbekistonning janubiy hududlarida yaşovçi bir urugʼ-elatga oid etnik guruhlar (qönğirotlar) uçun xos bölgan kaşta buyumlardan biri böğjoma hisoblanadi. Böğjoma köçmançi turkiy xalqlarda juda ommalaşgan va dastlab gilamdözlik texnikasida töqilgan yoki pişiq jun matolardan tikilgan. Bu mavsumiy köçişlar paytida körpa-töşak, kiyim-keçak va boşqa aşyolarni tugiş uçun çidamli matolardan foydalanişga bölgan zaruratdan kelib çiqqan. Böğjoma yarimötroq özbeklarning turar-joylarida ustma-ust taxlab qöyiladigan töqimaçilik buyumlari jamlanmasining tarkibiy qismi bölgan. Körpa-töşak va boşqa buyumlar bilan töldirilgan bu jamlanma umumiy tarza «juk» yoki «yuk» deb atalgan.
Böğjoma yumşoq sandiq vazifasini ötagan napramaç ustidan joy olgan, uning ustiga körpa-töşaklar işlatiş uçun qulay tarzda taxlab qöyilgan. Böğjoma kiyim-keçak va matolarga töldirilgan holida esa «böxça» ili «böğça» (tugun) deb atalgan. Böğjoma katta hajmli bölişiga qaramay, uning burçaklari kaşta bilan bezatilgan. Böğjomaning asosan ikki yondagi hoşiyasi va burçak qismlariga kaştalar tikilgan, şu boisdan buyumdagi kaşta bezaklar uçburçak şaklida bölgan. Körpalar öralganda böğjomaning uçburçak kaştali joyi körinib turgan va töşaklar taxlamiga çiroyli köriniş beriş bilan birga ötov yoki keyinçalik urf bölgan yerda qurilgan xonalarda bezak vazifasini ham ötagan. Uçburçak şakl, qadimdan köp farzand köriş va ins-jinslardan, yomon nazardan saqlovçi timsol sifatida qabul qilingan, balo-qazolardan asrovçi vosita sanalgan tumorlarning ham köpinça uçburçak şaklda yasalişi bu şaklning anʼanaviy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Biroq XX asr oxiriga kelib, buyumlarda estetik did ustunlik qila boşladi. Böğjomaning naqşiy bezaklari nomad madaniyatiga xos bölgan tasvirlar, yaʼni hayvonlar, samoviy jismlar va ösimliklarning şakllaridan iborat bölgan.
Manba: tbc-ornaments.uz
Buyumda körinişi





