Palmetta
Kaştaçilik · Buxoro
Buxoroning an’anaviy bezak sifatida qöllaniladigan kaştalari juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Yotoq uçun qöllaniladigan aşyolar töplamlari joypöş (kelin-kuyovlar uçun möljallangan çoyşab) va takiyapöş (yostiqlar ustiga yopilgan yopinçiq) larni öz içiga olgan va kelin sarposining ajralmas qismi hisoblangan. Yangi turmuş qurganlar yotoq buyumlariga alohida e’tibor berilgan, çunki mahalliy aholining fikriça yangi kelin-kuyovlar, kelajakda onalar va bolalar eng himoyasiz hisoblangan.
Bu san’at asarida kaşta markazi va çet qismlari bezaklar bilan bezatilgan. Markazini bir tekisda palmettalar bilan töldirib çiqilgan va ular orasida mayda gul bezaklari, osongina tanisa böladigan gulsapsarlar, anor, aççiq qalampir va boşqalar bilan tikib çiqilgan. Sözana çetlari tez-tez foydalanilib turilgan palmettalar tuşurilgan hamda gullar va töppbargul şaklidagi bezaklar yon va yuqoridan körinişi ketma-ket joylaştirilib ketilgan. Gul va ösimliklar tasviri bezak sifatida tuşurilgan bunday turdagi kaştalar tabiatning bahorgi uyğonişini özida aks etgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




