Gultuvak

Gultuvak

Kaştaçilik · Nurota

Hunar turi

Kaştaçilik

Hudud

Nurota

Ranglar

Formatlar

zipsvgepspngpdf

Nurotalik kaştaçilar orasida ösimliklar tasviridan iborat islimiy naqşlar juda ommalaşgan. Uşbu naqşda matoning markaziga Quyoş yoki yulduzlar tasviri tuşirilgan bölib, burçaklarida esa gul butalari yoki guldastalar körinişi tasvirlangan. Ba’zan nurotalik hunarmandlar öz ijod mahsullarining ayrim, közga tezdagina taşlanmaydigan joylarida quş, hayvon, inson yoki uy-rözğorda işlatiladigan biron anjomning tasvirini solib kyetadilar va uni “surat” deb ataydilar. Kaştaçi ayollar jannat boğlarini aynan şunday tasavvur qilganlar, çunki zodagonlarning gözal boğlari bu naqşlarga prototip bölib xizmat qilgan.

Ma’lumki, islom san’atida boğlar jannatning yerdagi aksi sanalgan va Olloh tomonidan yaratilgan gözal olamning timsoli sifatida şe’riyat va tasviriy san’atda öz ifodasini topgan.

Qadim zamonlardan byeri gul töla guldon tasviri muqaddas xususiyatga ega bölgan. Zardöştiylik böyiça mutaxassislarning tadqiqotlariga köra, guldonning içidan yuqoriga qarab ösib çiqqan ösimlik timsoli kosmologik ma’noga ega bölib, barça tirik mavjudotlarning ramzi bölgan Vourakaşa köli (guldon, suv tasviri) va dunyoda mavjud barça ösimliklarning uruğini özida jamlagan  Xaomu hayot daraxtiga mengzalgan. Vaqt ötgani sari guldon va gulning dastlabki ma’nosi unutilgan. Uning köpqirrali ramzlari esa real dunyo gözalligi ğoyasini tarğib qilib, ommalaşgan naqş usuliga aylanib qoldi. Keyinçalik esa kaştaçilar bahorda gulga burkangan bog‘ timsolini tökin-soçinlik va baxtli hayot ifodasi sifatida yarata boşladilar.

Usta: N. Bozoröva. Manba: tbc-ornaments.uz

Körinişlar

VektorGultuvak — Vektor
Original fotoGultuvak — Original foto

Öxşaş naqşlar

Çinnigul

Buxoro

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Buxoro

Tumor

Piskent

Anorguli, gulianor

Piskent

Gultuvak — Chizlab