Anor daraxti

Anor daraxti

Kaştaçilik · Farğona vodiysi

Hunar turi

Kaştaçilik

Ranglar

Formatlar

zipsvgepspngpdf

Özbek kaştaçiligi repertuari nihoyatda keng va rang-barang. Kaşta özbek xonadonidagi içki asbob-anjomlarining ajralmas qismi bölib, u köpinça turli-tuman ranglarda bajarilgan. Har bir kaştaçilik namunasi qaysi buyumda bajarilganiga köra xonadonda öziga munosib joyni egallagan. «Röyijo» (kelin-kuyov töşagi uçun çoyşab) kelinlar sepining ajralmas qismi bölgan. Yangi kelin-kuyovning töşagini taşkil etuvçi buyumlardagi kaştalarga juda katta ahamiyat berilgan, ular yoki yoş oilaga yaxşi tilaklar ifodasi bölgan, yoki kelin-kuyovni yomon nazardan asraşga qaratilgan.

Farğona vodiysi hunarmand ayollarining eng yoqtirgan bezagi anor naqşi hisoblanadi. Mahalliy xalq orasida anor qadim zamonlardan barhayotlik, tökinlik, farovonlik va muhabbat ramzi bölib kelgan. Аnor tasviri köplab qadimiy osori-atiqalar, sanʼat asarlarida uçraydi. Masalan, Örta Osiyo xalqlarida anor hayot çaşmasi, tökin-soçinlik rahnamosi sanalagan ona-iloh Аnayitning alomati bölib, uning kuçi anor donalarining köpligida deb hisoblangan.

Bir xil naqşning özi, mazkur holatda esa aynan anor şaklli naqş, har bir kaştadöz ayol tomonidan alohida öziga xos tarzda talqin etilişi hamda kaştalarning umumiy qatorida ular bir-biridan farqli körinişi mumkin.

Manba: tbc-ornaments.uz

Buyumda körinişi

Anor daraxti — Mockup

Körinişlar

VektorAnor daraxti — Vektor
MockupAnor daraxti — Mockup
Original fotoAnor daraxti — Original foto

Öxşaş naqşlar

Çinnigul

Buxoro

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Buxoro

Tumor

Piskent

Anorguli, gulianor

Piskent