Töpbarggul
Kaştaçilik · Buxoro
Buxoroning an’anaviy bezak kaştaçiligi tarkibiga köra juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Joypöş (yangi kelin-kuyovlar uçun çoyşab) va taqiyapöş (yostiqlar uçun ğilof)ni öz içiga olgan töşak töplami kelin sepining muhim qismi edi. Kaşta tikilgan mahsulotlarni bezaşda yangi kelin-kuyovning töşagiga alohida e’tibor berilgan, çunki mahalliy aholining tasavvuriga köra, yangi turmuş qurgan yoşlar, bölajak onalar va bolalar eng köp nazar-nafasga duçor böladigan insonlar deb hisoblangan. Uşbu kompozitsiyada kaşta markaziy maydonni va butun hoşiyani egallaydi.
Sözana markazini bir-biridan bir xil uzoqlikda joylaştirilgan yelpiğiçsimon tasvirlangan gul kaştalari, ularning orasida esa mayda gulçalar tasvirlangan bölib, bular gulsapsar, anor, qalampirnusxa naqşlardir. Hoşiyada tez-tez işlatiladigan naqş – yelpiğiçsimon yaproqdan iborat bölib, bu yerda gulning yon tomondan tasviri töpbaggulning yuqoridan körinişi bilan almaşib turadi. Gul va ösimlik naqşlaridan taşkil topgan bunday kaştaçilik kompozitsiyasi tabiatning bahoriy uyğonişi ramzi bölgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




