Oy
Kaştaçilik · Toşkent
Uşbu ornament UZTELECOM tomonidan «Milliy» tarif töplami va SIM-kartaning vizual körinişini brend qoidalariga asosan yaratilişi uçun işlatilgan.
Toşkentda eng katta kaştadözlikdan mahalliy aholi tomonidan oy-palak, yulduz-palak deb nomlaşgan devorga ilinadigan yirik kaştalardan va körpa ustiga yopiladigan gulkörpalardan foydalanilgan. Quyoş yoki oyni aks ettiruvçi doira şaklidagi kaştalarni markazga bir maromda yoki assimetrik joylaşuvi bilan mazkur san’at asarlari keng tarqalgan. Bu turdagi sözana oy-palak deb nomlangan va bir uslubda berilib, koinot tasvirini aks ettirgan (oy, falak, koinot).
Uşbu san’at asarida markazda eng katta doirasimon gullar bilan bezatilgan palmettani köriş mumkin. Atrofidagi hoşiyalari olmagul, anorgul, qalampir, lolagul, törtbargli gullar va boşqa gullar bilan bezatilgan. Kaştada töpbarggul şaklidagi bezakning işlatilişi tadqiqotçilar tomonidan quyoş belgisini, quyoş va tölin oy tasviri sifatida baholangan. Toşkent palaklari yulduzli osmonni aks ettirib, özida nafaqat yangi turmuş qurganlarni zolim ruhlardan saqlovçi kuç sifatida ifodalagan, balki xayrli işlarni bajaruvçi sifatida körilgan.
Usta: Madina Kasimbayeva. Manba: tbc-ornaments.uz




