
Gultojixöroz
Kaştaçilik · Buxoro
Buxoro kaştaçiligi gul naqşlarining öziga xos gözalligi va nafisligi bilan ajralib turadi, xususan, gul-bargli naqşlarning köpligi, dumaloq töpbarggullar serşox poya bilan hoşiyalanişi, noziklik, bir rangning bir neçta tuslari işlatilişi aynan unga xosdir.
Buxoroning an’anaviy bezak kaştaçiligi tarkibiga köra juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Joypöş (yangi kelin-kuyovlar uçun çoyşab) va taqiyapöş (yostiqlar uçun ğilof)ni öz içiga olgan töşak töplami kelin sepining muhim qismi edi. Kaşta tikilgan mahsulotlarni bezaşda yangi kelin-kuyovning töşagiga alohida e’tibor berilgan, çunki mahalliy aholining tasavvuriga köra, yangi turmuş qurgan yoşlar, bölajak onalar va bolalar eng köp nazar-nafasga duçor böladigan insonlar deb hisoblangan.
Uşbu kompozitsiyada kaşta markaziy maydonni va butun hoşiyani egallaydi. Markazni anor guli şaklida bir tekis yoyilgan gul naqşlari töldiradi. Mahalliy aholi orasida anor qadimdan hayot, farovonlik, serfarzandlik va muhabbat ramzi sifatida talqin etilgan. Hoşiyada tez-tez işlatiladigan naqş – yelpiğiçsimon yaproqdan iborat bölib, bu yerda gulning yon tomondan tasviri töpbaggulning yuqoridan körinişi bilan almaşib turadi. Gul va ösimlik naqşlaridan taşkil topgan bunday kaştaçilik kompozitsiyasi tabiatning bahoriy uyğonişi ramzi bölgan.
Manba: tbc-ornaments.uz



