Ornament nomi yöqolgan

Ornament nomi yöqolgan

Kaştaçilik · Şahrisabz

Hunar turi

Kaştaçilik

Ranglar

Formatlar

zipsvgepspngpdf

Har bir markazning özbek kaştalarida aks etadigan mahalliy xususiyatlari mavjud. Şahrisabz kaştaçiligi hudud tabiatining öziga xosligidan kelib çiqib, naqşlarning serqirraligi, ranglar uyğunligi bilan ajralib turadi. Şahrisabzlik hunarmand ayollarning kaştaçilik mahsulotlarida tevarak-atrof ösimliklarining gözalligi va tarovati, odamlarning dunyoqaraşi töla namoyon böladi. Uşbu kompozitsiyada kaşta sözana markazini va butun hoşiyani egallaydi. Markaz uçta katta töpbarggul bilan töldirilgan va uning atrofida kiçik gulli naqşlar joylaştirilgan böladi.

Hoşiyada tez-tez işlatiladigan naqş – yelpiğiçsimon yaproqdan iborat bölib, bu yerda gulning yon tomondan tasviri töpbaggulning yuqoridan körinişi bilan almaşib turadi. Har bir hunarmand improvizatsiya qilişga va gullab-yaşnagan boğning öziga xos qiyofasini yaratişga harakat qilgan. Gulli naqşlarda hududga xos gullarning barça turlari – gulsapsar, anor, seloziya va boşqalar tasvirlangan. Sözanada yaxşi tilaklarning bunday çiroyli tarzda tabiat gözalligi bilan ifodalanişi yangi turmuş qurgan yoşlarning uzoq va baxtli oilaviy hayotini ta’minlaşi anglaşiladi.

Manba: tbc-ornaments.uz

Körinişlar

VektorOrnament nomi yöqolgan — Vektor
Original fotoOrnament nomi yöqolgan — Original foto

Öxşaş naqşlar

Çinnigul

Buxoro

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Buxoro

Tumor

Piskent

Anorguli, gulianor

Piskent