Pargori

Pargori

Torevtika · Farğona vodiysi

Hunar turi

Torevtika

Ranglar

Formatlar

zipsvgepspngpdf

Metalga işlov beriş san’ati qadim zamonlardan boşlab Özbekiston hududida yaşagan xalqlarning kundalik hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Barça turdagi metal buyumlar orasida eng köp tarqalgani öyma naqşlar tuşirilgan mis buyumlar bölgan. Oldingi davrlarda misdan öyib işlangan buyumlar faqat kundalik turmuşda işlatilibgina qolmay, ulardan xonalarni bezatişda ham keng foydalanilgan.

Bu buyumlar asosan oçiq tokçalar, tahmonlarga xona bezagi sifatida yasatilib, şu bilan xonadon egasining ijtimoiy maqomini bildirgan. Misdan yasalgan rözğor buyumlari sirasiga patnislar, taom solinadigan turli hajmdagi tovoqlar, yuviniş uçun obkaşlar, isiriqdonlar, şamdonlar, katta-kiçik kosalar, tamakidonlar, siyohdonlar va boşqalar kiradi. Özbek mis öymakorligi buyumlarining naqşlari asosan ösimliklar, handasaviy-girihiy va zoomorfik mavzudagi naşqlardan iborat.

Naqşlarda osmonu falak mavzusi, arab imlosidagi husnixat şakli va uy-rözğor buyumlarining tasviri katta ahamiyat kasb etadi. Özbek misgar naqqoşlarining eng sevimli naqşlari ösimliklar şaklidan olingan islimiy naqşlardir. Handasaviy girihiy şakllar yordamçi bezak hisoblanib, me’moriy mavzuda nomlangan: ğişt, mehrob va şu kabi.

Manba: tbc-ornaments.uz

Buyumda körinişi

Pargori — Mockup

Körinişlar

VektorPargori — Vektor
MockupPargori — Mockup
Original fotoPargori — Original foto

Öxşaş naqşlar

Anor

Farğona vodiysi

Setora

Farğona vodiysi

Zira nusxa

Farğona vodiysi

Gulli töpbarggul

Farğona vodiysi