Çinnigul
Кашидадӯзӣ · Бухоро
Buxoro kaştalari öziga xos gözallik va islimiy naqşlarning uyğunligi bilan ajralib turadi. Uşbu hudud naqşlari uçun gul va bargli islimiy şakllar, har tomonga şohlab ketgan royalar bilan öralgan yirik gulli töpbarggul şaklidagi bezaklar, aniqlik, bir rangning bir neça tonlaridan foydalanilganligi bilan ajralib turadi.
Uşbu sözanada kaşta sahnaning markazini va çetlarini ham egallab turganligini köriş mumkin. Markazni yirik palmetta gullari bilan burkangan “hayot daraxti”, ularning orasida esa mayda gullar, gulsafsarlar, çinnigul, anor gullari va boşqalar töldirib turibti. Bu kabi gullar va ösimliklar motiviga ega sözanalar bahoriy uyğonişga mengzalgan. Mehr va oqibatga undovçi “hayot daraxti” esa oilaning davomiyligi, yangi turmuş qurganlar uçun uzoq va baxtli oilaviy hayot tilagini anglatgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




