Anor
Кашидадӯзӣ · Шаҳрисабз
Har bir markazning özbek kaştalarida mahalliy öziga xoslik bölgan. Şahrisabz kaştaçiligi hududning öziga xosligidan kelib çiqib, naqşlarning serqirraligi, ranglar uyğunligi bilan ajralib turadi. Şahrisabzlik hunarmand ayollarning kaştaçilik mahsulotlarida tevarak-atrof ösimliklarining gözalligi va tarovati, odamlarning dunyoqaraşi töla namoyon bölmoqda.
Uşbu kaştadözlik panno – sözanada siz jannat boği tasviri simbiozini – gul naqşlari va samoviy jismlar tasvirlangan astral naqşlar körinişida paradizni körişingiz mumkin. Özbek kaştaçilarining eng sevimli motivlaridan biri anor naqşidir. Qadim zamonlardan beri mahalliy aholi orasida anor hayot, farovonlik, unumdorlik va muhabbat ramzi sifatida talqin qilingan. Anorning tasviri köplab ilk sanʼat yodgorliklarida tasdiqlangan, masalan, Örta Osiyo ona maʼbudasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi Anaxitaning atributi anor mevasi bölib, uruğlarining köpligi bilan hayratga solgan.
Manba: tbc-ornaments.uz




