Mexrob
Keşdeçilik · Daşkent
Özbek kaştaçilik mahsulotlari röyxati juda katta. Kaştaçilik köp jihatdan turli ranglarni öz içiga olgan bölib, özbek xalqi uyini bezatiş xususiyatlarini belgilab kelgan. Har bir tikilgan nima maqsadda yaratilganiga qarab interyerda ma’lum bir joyni egallab kelgan. Uzun bezak uçun tikilgan zardevorlar xona devorining yuqori qismini bezatiş uçun işlatilgan. Mazkur uzun kaştalarning hoşiyalari gorizontal joylaşgan kaştalar bilan töldirilgan. Odatda bu ketma-ket takrorlanib kelgan mehroblar bölgan va ular içiga bir xil naqş çizilgan.
Tadqiqotçilar orasida zardevordagi mehroblar ikki xil talqin qilingan. Birinçisi – bu zodagonlar uyini bezatuvçi gançli me’morçilik devor, hoşiya körinişidagi toqiga taqlid qilingan, şuningdek, mazkur naqş dastlabki Örta asrning Söğdlar ossuarlarining bezagi bilan ayni san’at asari kabi boğliq degan yana bir taxmin mavjud.
Usta: Madina Kasimbayeva. Manba: tbc-ornaments.uz




