Medalyon

Medalyon

Embroidery · Surkhandarya

Colors

Formats

zipsvgepspngpdf

Qadimda yarim köçmançi etnik qabila guruhlari bölgan qönğirotlarning maişiy madaniyatidagi eng qiziqarli va öziga xos yönalişlardan biri kaştaçilik hisoblanadi. Katta bezakli kaştadözlikning devor pannosi yoki çoyşab kabi turlari qönğirotliklar orasida keng tarqalmagan edi, biroq kaştaçilik erkaklar va ayollar kiyimlarini bezaşda, ötovning içki bezaklarida, şuningdek, mayda uy-rözğor buyumlarida işlatilgan. Naqşli mahsulotlarning turlari xilma-xil bölib, ularning har biri öz nomi va örniga ega.

Oynaxalta, qoşiqxalta va törva, törtburçak yoki unga öxşaş töğri törtburçak şaklidagi oynalar va mayda buyumlarni taxlaş uçun xaltaçalar, şuningdek,çoyxalta va tuzxaltalar ular orasida eng keng tarqalgan va maşhurlaridir. Qoşiqxaltaning old qismi turkiy tilli xalqlar gilamdözligidagi universal naqş hisoblangan teng qirrali xoç (qaykalak) naqşli tumor körinişidagi yagona naqşdan iborat.

Bu bezakning kelib çiqişi öğuz qabilalarining gilamdözligiga borib taqaladi, uning anʼanalari turkmanlarning gilamdözligida öz ifodasini topgan. Bu naqş turkmanlarda gyol (köl yoki gul), turunj (taqsimça yoki sitrus mevasi), özbeklarda qalqon nusxa (qalqon şaklidagi naqş) nomlari bilan maşhurdir.

Manba: tbc-ornaments.uz

On a product

Medalyon — Mockup

Views

VectorMedalyon — Vector
MockupMedalyon — Mockup
Original photoMedalyon — Original photo

Similar patterns

Çinnigul

Bukhara

Gulli töpbarggul şaklidagi bezak

Bukhara

Tumor

Piskent

Anorguli, gulianor

Piskent

Medalyon — Chizlab