Gulsapsar
Embroidery · Nurata
Har bir markazga oid sözanalar alohida öziga xosliklarga ega. Nurotalik hunarmand ayollar orasida yak mohu – çorşox (tört şox – bir oy) kompozitsiyasi ayniqsa maşhur. Uşbu kompozitsiyaning markazida quyoş yoki yulduz naqşining tasviri bölib, burçaklarida gul butalari yoki guldastalar körinişidagi bezak kaşta qilingan. Ba’zan nurotalik hunarmand ayollar quşlar, hayvonlar, odamlar yoki kundalik buyumlarning uslublaştirilgan tasvirlarini kompozitsiyaning közga körinmaydigan joylarida ifodalab, ularni umumiy surat sözi bilan ataşgan.
Hunarmand ayollar Jannat boğlarini şunday tasavvur qilişgan, Jannatning ifodasi sifatida haqiqiy boğlar manzarasidan nusxo olingan. Şulardan biri Buxoro amirining şahar taşqarisidagi qarorgohi – Sitorai Mohi Xosa (yulduz va oyga öxşaş saroy), ajoyib Eram boği bölib, u yerda Jannat quşlari va tovuslar hamon yölkalar böylab sayr qilib, rangdor dumlarini yoygança mehmonlar e’tiborini jalb qilişadi.
Manba: tbc-ornaments.uz




