Çarhpalak Gulli töpbarggul
Кілем тоқу · Қашқадария
Oq-enli gilam özbek uruğlari, qabilalariga (qönğirot, laqaylar) xos asl an’analarni ifodalovçi qadimiy mahsulot turidir. Oq-enli gilamlarining öziga xosligi töqimaçlik (asosan gajari va terma texnikasi böyiça) bilan birga kaştaçilik usullarining qöşib işlatilganligidadir. Kaştalar asosan yorqin – oq yoki sariq ranglardagi matoga tuşirilgan. Tikilgan ingiçka mato bölaklari esa töq jigarrang yoki töq qizil ranglarda bölgan. Ingiçka şolçalardan tikilgan gilamning enini ölçaşda qönğirotlar, boşqa yarim köçmançi özbeklar kabi “en” atamasini işlatganlar. Bir en bitta töqilgan şolçaning kengligiga töğri kelganligi uçun ham gilam oq- enli deb nomlangan.
Qorişiq usulda tayyorlangan gilamlarning gullari asosan geometrik, zoomorf naqşlardan iborat bölib, islimiy usullar nisbatan kam işlatilgan. Geometrik şakllar oddiy, poğonali romblar, W va S körinişidagi belgilar, sakkizqirrali yulduz, uçburçak, Quyoş va astral ramzlar –xoç, töğri törtburçak kabi motivlardan iborat bölgan.
Qönğirotlar, boşqa qabilalar singari bir joydan boşqa joyga tez-tez köçib yurganlar. Şu sabab ham ularning uylari (ötov) bir joyda muqim emas, köçma bölgan. Qadimda qönğirot va laqaylar bir joydan ikkinçi joyga köçar ekanlar, osmon va yulduzlar, oy va Quyoşga qarab harakatlanganlar. Bu kabi samo bilan uzviy boğliqlik ular tomonidan yaratilayotgan töqimaçilik mahsulotlariga, jumladan, gilamlariga ham ta’sir qilgan. Yuqoridagi Quyoş timsolini körsatib turuvçi çarhpalak Gulli töpbarggul şaklidagi bezak berilgan naqş ham bunga yorqin misol böla oladi.
Manba: tbc-ornaments.uz




