Chizlab
Bodomça – pösti baliq

Bodomça – pösti baliq

Торевтика · Хӯқанд

Навъи ҳунар

Торевтика

Минтақа

Хӯқанд

Рангҳо

Форматҳо

zipsvgepspngpdf

Metalga işlov beriş san’ati qadim zamonlardan boşlab Özbekiston hududida yaşagan xalqlarning kundalik hayotida katta ahamiyat kasb etgan. Barça turdagi metal buyumlar orasida eng köp tarqalgani öyma naqşlar tuşirilgan mis buyumlar bölgan.

Oldingi davrlarda misdan öyib işlangan buyumlar faqat kundalik turmuşda işlatilibgina qolmay, ulardan xonalarni bezatişda ham keng foydalanilgan. Bu buyumlar asosan oçiq tokçalar, tahmonlarga xona bezagi sifatida yasatilib, şu bilan xonadon egasining ijtimoiy maqomini bildirgan. Misdan yasalgan rözğor buyumlari sirasiga patnislar, taom solinadigan turli hajmdagi tovoqlar, yuviniş uçun obkaşlar, isiriqdonlar, şamdonlar, katta-kiçik kosalar, tamakidonlar, siyohdonlar va boşqalar kiradi.

Özbek mis öymakorligi buyumlarining naqşlari asosan ösimliklar, handasaviy-girihiy va zoomorfik mavzudagi naşqlardan iborat. Naqşlarda osmonu falak mavzusi, arab imlosidagi husnixat şakli va uy-rözğor buyumlarining tasviri katta ahamiyat kasb etadi.

Özbek misgar naqqoşlarining eng sevimli naqşlari ösimliklar şaklidan olingan islimiy naqşlardir. Handasaviy girihiy şakllar yordamçi bezak hisoblanib, me’moriy mavzuda nomlangan: ğişt, mehrob va şu kabi. Jonivorlar şaklidan olingan naqşlar esa quyidagiça nomlanadi: çaşmi bulbul – bulbul közi, qöçqorak – qöçqor şoxi, pösti baliq – baliq tangaçalari, zuluk – zuluk şakli, ilon izi – ilon izi, kapalak – kapalakning qanotlari şakli va h. k. Bunday naqşlar köproq buyumning kungira çekkasida işlatiladi.

Manba: tbc-ornaments.uz

Дар маҳсулот

Bodomça – pösti baliq — Мокап

Намудҳо

ВекторBodomça – pösti baliq — Вектор
МокапBodomça – pösti baliq — Мокап
Акси аслӣBodomça – pösti baliq — Акси аслӣ

Нақшҳои монанд

Yumaloq töpbarggul

Хӯқанд

Pargori

Водии Фарғона

Töpbarggul

Хӯқанд

Islimiy

Хӯқанд