Romb
Halyçylyk · Kaşgaderýa
Gilamlarining öziga xos turlaridan biri asosan Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining hunarmand ayollari tomonidan tayyorlangan uzun tukli julhirs (sözma-söz – ayiq terisi) gilamidir.
Mutaxassislarning fikriga köra, julhirslarni işlab çiqariş texnologiyasi qadim zamon hunarmandlarining silliq töquvdan tukli töqişga ötişini körsatuvçi eng qadimiy uslub hisoblanadi. Julhirslar kompozitsiyasi asosan arxaik naqşlar – töğri yoki poğonali romblar, sakkiz qirrali yulduz, olti burçaklar va boşqalardan iborat.
Hoşiyalarda köpinça zoomorf bezaklar – şoxlar tasviri qöllaniladi. Romb koinotning ramziy timsollaridan biri bölib, barça xalqlarning an’anaviy san’atida juda keng tarqalgan naqşdir. Arxeologik topilmalardan Özbekiston hududida uşbu ramzning qadimiyligini aniqlaş mumkin.
Köpinça romb boşqa quyoş belgilari bilan birgalikda tasvirlangan. Bunday motivlar qadimgi kosmogonik va sehrli tasvirlar bilan boğlangan va yomon közdan asrovçi tumor bölib xizmat qilgan.
Usta: М. Ğulomova. Manba: tbc-ornaments.uz




